Moskva Rossiya Qurolli kuchlarining jangovar shayligini to‘satdan tekshirish yuzasidan Pentagon matbuot xizmati vakili Mishel Baldansaning fikrlarida asoslanmagan va dalilsiz da’volar ko‘pligini ma’lum qildi. Bu haqda Rossiya TIV xabarida so‘z yuritiladi, deya xabar bermoqda “RBK”.
“Rossiya qurol-yarog‘larni nazorat qilish sohasidagi barcha xalqaro majburiyatlari, jumladan, Vena hujjatiga so‘zsiz amal qilmoqda”, — deyiladi xabarda.
“Xorijiy hamkorlarimiz Rossiya Mudofaa vazirligida o‘tkazilayotgan tekshirish haqida to‘liq hajmda xabardor etilgan va barcha zarur tushuntirishlarni olgan”, — deb ta’kidladi TIV.
Bundan tashqari, boshqarma Rossiyaga nisbatan da’volar AQShning qurol-yarog‘ ustidan nazorat sohasidagi kamchiliklardan xoli bo‘lmagan “xizmat ro‘yxati” oldida butunlay noo‘rin ekanligini ta’kidladi.
Izoh (0)