O‘zbekiston va Suriya terma jamoalari o‘rtasidagi JCh–2018 3-saralash bosqichi 1-turidan o‘rin olgan uchrashuv chiptalari sotuvga chiqarildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur o‘yin uchun chiqarilgan chiptalarni uchrashuv bo‘lib o‘tadigan “Bunyodkor” stadioniga qarashli kassalardan xarid qilish mumkin. O‘yinga chiqarilgan chiptalar 3 toifada bo‘lib, 1-toifa chiptala narhi 20 ming, 2-toifa chiptalar narxi 25 ming hamda CIP toifasidagi chiptalar narxi 40 ming so‘m qilib belgilangan.
O‘yin 1-sentabr kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.
Izoh (0)