Italiya fuqarolik mudofaasi departamenti mamlakat markazida ro‘y bergan zilzilada jabr ko‘rgan odamlarga yordam ko‘rsatish maqsadida SMS-xabarlar orqali xayriya yo‘llagan fuqarolar hisobidan 6 million yevrodan ko‘proq pul to‘pladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Dastlabki uch kunda to‘plangan summa 6120296 yevroni tashkil etdi. Pullar Fuqarolik mudofaasi departamenti tomonidan ochilgan hisob raqamiga mobil aloqa operatorlarining SMS-xabarlar xizmati orqali kelib tushdi”, — deyiladi xabarnomada.
Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, Italiyadagi zilzila qurbonlari soni 290 kishini tashkil qildi, 400 kishiga tibbiy yordam ko‘rsatildi, 2444 kishi chodirli qarorgohlardan boshpana topdi.
Izoh (0)