Bangladesh politsiyasi 27-avgust kuni mamlakat poytaxti Dakkadagi restoranga uyushtirilgan terrorchilik hujumi tashkilotchisi deb taxmin qilinayotgan Kanada fuqarosini yana ikki nafar terrorchi bilan birga yo‘q qildi. Bu haqda, mamlakat IIV aksilterror bo‘linmasi rahbarining bayonotiga asoslanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga qaraganda, politsiyaga jangarilarning kichik guruhi shahar chetidagi uylardan birida yashirinib yurgani haqida ma’lumot yetkazilgan. Huquq-tartibot kuchlari 27-avgust, shanbaga o‘tar tunda hududni o‘rab olib, otishmaga kirishib ketgan. Mahalliy vaqt bilan soat 10:00 atrofida jangarilar maxsus mo‘ljal kuchlari tomonidan o‘ldirilgan.
Politsiya voqea joyida granatalar va o‘qotar qurollar topgan. Halok bo‘lganlar orasida 30 yoshli Kanada fuqarosi Ahmad Choudxuri borligi aniqlandi. Aynan u terakt tashkilotchisi deb hisoblanmoqda.
Izoh (0)