Afg‘onistonning Nangarxar viloyatidagi Hisorak tumanida “Tolibon” radikal guruhining o‘nlab jangarilari, shu jumladan, to‘qqiz nafar dala qo‘mondoni yo‘q qilindi. Bu haqda mahalliy Negaah telekanaliga asoslangan holda “Interfaks” xabar bermoqda.
Yer ustida va havoda olib borilgan operatsiya davomida hukumat qo‘shinlari tuman hududida o‘rnashgan 69 jangarini yo‘q qilishga erishdi.
Harbiylar va tinch fuqarolardan hech kimga zarar yetmadi.
Izoh (0)