Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlarining bir guruh harbiy xizmatchilari oilalariga mo‘ljallangan 18 xonadondan iborat zamonaviy ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Yangiyo‘l tumani Gulbahor shaharchasida qad rostlagan zamonaviy uy hovlisida bolalar sport maydonchasi ham barpo etilgan.
Tadbirda san’atkorlar tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.
Izoh (0)