“Iskandar-M” tezkor-taktik majmuasi va “Grad”, “Tornado-G” va “Uragan” baravar o‘t ochish reaktiv tizimlarining jangovar guruhlari Rossiyada o‘tkazilayotgan o‘quv mashg‘ulotlariga jalb etildi. Bu haqda Janubiy harbiy okrug shtabi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.
Harbiy o‘quv mashg‘ulotlari Shimoliy Kavkaz hududida bo‘lib o‘tmoqda.
58-armiya artilleriya mashg‘ulotlariga 5 mingga yaqin harbiy xizmatchi va 500 dan ortiq raketa-artilleriya qurol-yarog‘ vositalari jalb etilgan.
Mashg‘ulotlarda Shimoliy Kavkazda joylashgan 58-armiya artilleriyasi va raketa qo‘shinlari bo‘linmalari qatnashmoqda. Ular, jumladan, eng yangi ko‘chma radiolokatsiya razvedka majmualari va “Aistenok” o‘q uzish nazoratini o‘zlashtirishi kerak bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 25-avgust kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin uchta harbiy okrugda to‘satdan tekshirish o‘tkazishga topshiriq bergandi.
Izoh (0)