Somali poytaxtidagi restoranga kecha, 25-avgust kuni qilingan hujum oqibatida qurbon bo‘lganlar soni o‘n kishiga yetdi. Bu haqda politsiya ma’lumotiga tayanib, Reuters agentligi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Ash-Shabob” terrorchilik guruhining jangarilari 25-avgust kuni Mogadishodagi Lido plyajida joylashgan mashhur “Banadir” restorani yaqinida portlovchi moddalar joylangan avtomobilni portlatib yubordi.
Portlashdan so‘ng otishma boshlanib ketgan.
Mahalliy aholi va chet elliklar vaqtini o‘tkazishni xush ko‘ruvchi Lido plyaji bundan avval ham “Ash-Shabob” ekstremistlarining hujumiga uchragan edi.
Izoh (0)