Joriy yilning aprel–iyun oylarini Yaponiya davlat pensiya investitsion jamg‘armasi 52 milliard dollar zarar bilan yakunladi. Ushbu tashkilot dunyodagi eng yirik pensiya jamg‘armasi hisoblanadi, deb ma’lum qiladi “RBK”.
Jamg‘arma aktivlarining umumiy hajmi 30-iyunda yakunlangan chorakda 3,88 foizga qisqarib, 129,7 trillion iyenani (1,3 trillion dollar) tashkil etdi. Jamg‘arma 2008-yildan beri birinchi marta ikki chorak davomida ketma-ket portfel hajmi qisqarishini namoyish etmoqda — o‘tgan chorakda tushish 3,52 foizga qisqargandi.
Salbiy moliyaviy natijalarni jamg‘arma Buyuk Britaniyaning Yevroittifoqdan chiqish haqidagi kutilmagan qarori bilan tushuntirmoqda.
“Referendum natijalari bozor uchun kutilmagan oqibatlarni keltirdi. May oyida AQShdagi ishsizlik darajasi haqidagi ma’lumotlar esa kutilganidan yomonroq bo‘ldi... Bu omillar iyenaning mustahkamlanishiga va bozorlarning qulashiga olib keldi”, — deyiladi jamg‘arma prezidenti Norixiro Takaxasining bayonotida.
Brexit Buyuk Britaniya iqtisodiyotiga va butun dunyo bozorlariga jiddiy ta’sir o‘tkazdi. Shu bilan birga, The Guardian Britaniyada uning salbiy ta’sir oqibatlari bartaraf etilib, iqtisodiyot barqarorlashib borayotganini ma’lum qilmoqda.
Izoh (0)