Boliviyada ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Rodolfo Ilyanesning o‘ldirilishi munosabati bilan uch kunlik motam e’lon qilindi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Qaror vazirlar mahkamasi yig‘ilishida qabul qilindi. Bu haqda mamlakat rahbari Evo Morales ma’lum qildi.
“Menimcha, bu norozilik aksiyalari aslida o‘z huquqlarini himoya qilish emas, balki siyosiy fitna bo‘lsa kerak”, — ta’kidladi Morales.
Eslatib o‘tamiz, mamlakatda norozilik aksiyalarini o‘tkazayotgan konchilar Rodolfo Ilyanesni o‘g‘irlab ketib, do‘pposlab o‘ldirgan edi.
Izoh (0)