O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan Burkina-Fasoga qarshi o‘rtoqlik o‘yinidan keyingi matbuot anjumanida jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga javob qaytardi. Javoblar “Championat.asia” saytida yozildi.
“Burkina-Faso bizni xayron qoldirdi. Ular may oyida Qozog‘istonga qarshi o‘ynab, gol o‘tkazib yubormaganini ko‘rgandik. Bizga qarshi o‘yinga ular yetakchilar futbolchilar bilan kelmadi. Muhimi sparing raqibdan qoniqdim. Xato va kamchiliklarni o‘rganib chiqib, futbolchilar bilan chuqur tahlil qilamiz”, — deb aytib o‘tdi Samvel Babayan.
Murabbiy o‘z vaqtida O‘zbekiston milliy terma jamoasi sharafini himoya qilgan va hozirda Moskvaning “Lokomotiv”ida faoliyat yuritayotgan murabbiylar Vladimir Maminov hamda Oleg Pashinin bilan aloqada ekanini aytib, Vitaliy Denisovning sog‘ligi joyida ekanini qayd etib o‘tdi.
“Sergeyev anchadan buyon gol urmayapti. Lekin men uning imkoniyatlarini yaxshi bilaman. Suriyaga qarshi o‘yingacha men Igorga kerakli so‘zlarni topib, optimal formaga qaytishiga yordamlashaman, — dedi Babayan.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Burkina-Fasoga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini 1:0 hisobida o‘z foydasiga hal qilgandi.
Izoh (0)