Pekin—Moskva reysi bo‘yicha parvoz qilayotgan samolyot Novosibirsk aeroportiga majburan qo‘ndi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Aeroflot” aviakompaniyasining Pekin—Moskva yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilayotgan 203-reysi ekipaj komandirining qarori bilan mahalliy vaqt bo‘yicha 9:35 da Tolmachevo aeroportiga qo‘ndi.
Hudud huquqni muhofaza qilish organlarining ma’lum qilishicha, Serbiya fuqarosi bo‘lgan yo‘lovchi ayol o‘limi tufayli samolyot majburan qo‘ngan.
Izoh (0)