AQSh prezidentligi lavozimiga Demokratik partiyadan nomzod Hillari Klinton uchun 27-avgust kuni milliy xavfsizlik muammolari bo‘yicha birinchi maxfiy brifing o‘tkaziladi. Bu haqda CNN telekompaniyasi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Brifing FQBning Uayt-Pleynsdagi (Nyu-York shtati) bo‘limi binosida, tinglashlardan maxsus himoyalangan xonada bo‘lib o‘tadi. Uni AQSh Milliy razvedkasi direktori Jeyms Klepper apparatidan xodimlar o‘tkazadi.
O‘tgan hafta FQBning Nyu-Yorkdagi bo‘linmasida xuddi shunday brifing prezidentlik lavozimi uchun Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp uchun ham o‘tkazilgan edi.
Prezidentlik lavozimiga nomzodlar uchun brifinglar partiyalarning milliy syezdidan so‘ng, AQShning amaldagi prezidenti farmoyishi bilan o‘tkaziladi.
Izoh (0)