Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF) 2008-yilgi Pekin Olimpiadasida olingan doping namunalarini qayta tekshirish natijasida to‘rt nafar qozog‘istonlik sportchining qonida doping borligini aniqladi. Bu haqda Kazakhstan Today xabar bermoqda.
Doping namunalari ijobiy natija ko‘rsatgan og‘ir atletlar orasida Ozarbayjon, Belarus, Xitoy, Rossiya va Ukraina vakillari ham bor. IWF qoidalariga muvofiq, ularning bari tekshiruv ishlari yakunlanguniga qadar barcha musobaqalardan chetlashtiriladi.
Izoh (0)