Bugun — 24-avgust kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Burkina-Fasoga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.
“Paxtakor” stadioni mezbonlik qiladigan bellashuv 20:00 da start oladi. Uchrashuv chiptalari stadion kassalarida 15 va 30 ming so‘mdan sotilayotgani avvalroq ma’lum qilingandi.
23-avgust kuni bo‘lib o‘tgan o‘yinoldi tadbirda terma jamoalarning qanday rangli libosda harakat qilishiga oydinlik kiritilgan. Unga ko‘ra O‘zbekiston milliy terma jamoasi ko‘k, Burkina-Faso esa yashil libosda maydonga chiqib keladigan bo‘lgan.
Bellashuvni “Daryo” bilan birga kuzatib boring.
Izoh (0)