Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi 62-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatining 100 o‘rinli yotoqxonasi foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Bu yerda keyingi yillarda 120 o‘rinli o‘quv binosi, sport zali barpo etildi, keng ko‘lamli mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Umumiy qiymati 1 milliard 200 million so‘mlikdan ziyod 100 o‘rinli o‘quvchilar yotoqxonasining qurilishi ta’lim maskani moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga qaratilgan loyihalarning mantiqiy davomi bo‘ldi.
Asosan fransuz va ingliz tillari chuqur o‘rgatiladigan mazkur maktab-internat ta’lim sifati va samaradorligi bo‘yicha viloyatdagi ilg‘or bilim maskanlaridan biridir. Bu yerda buxorolik yoshlardan tashqari Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari hamda Toshkentdan kelgan o‘g‘il-qizlar ham ta’lim olmoqda.
Tadbirda Buxoro viloyati hokimi M. Esonov so‘zga chiqdi.
Izoh (0)