Yengil motorli samolyot Moskva viloyatining Istra suv omboriga qattiq qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda FVVning hududiy boshqarmasi ma’lumotiga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Favqulodda xizmatlardagi manba agentlikka hodisa oqibatida jabrlanganlar bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi.
“Uchuvchi boshqaruvni uddalay olmagan va samolyot suv omboriga qulagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikki kishi jabrlangan”, — dedi agentlik manbasi.
Izoh (0)