Sayyoradagi eng badavlat kishi — Bill Geytsning boyligi 90 milliard dollarga yetdi, deb yozadi “Korrespondent.net” Bloomberg’ga tayanib.
Endi Microsoft asoschilaridan birining kapitali AQSh yalpi ichki mahsulotining 0,5 foizini tashkil qiladi. Agentlikning eng boy kishilar reytingida Geyts ancha yillardan buyon birinchilikni saqlab qolmoqda.
Taqqoslash uchun, Bloomberg’ning milliarderlar reytingida ikkinchi o‘rinni egallagan Zara do‘konlar tarmog‘i asoschisi Amansio Ortegining davlati 76 milliard dollarga teng.
Investor Uorren Baffet esa 67 milliard dollarlik kapital bilan uchinchi pog‘onada joylashdi.
Izoh (0)