Bangladesh janubi-sharqidagi Chittagong shahrida joylashgan o‘g‘it ishlab chiqaruvchi zavodda ammiak sizib chiqishi oqibatida kamida 100 kishi jabrlandi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Hodisa diammoniyfosfat ishlab chiqaruvchi davlat zavodida yuz bergan. Voqea joyiga yetib kelgan favqulodda xizmatlar gazning shahar tomonga tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilmoqda.
Bir nechta avtomagistrallarda harakat to‘xtatilgan. Mahalliy aholiga o‘z uylarini tark etmaslik tavsiya etilgan.
Izoh (0)