Politsiya xodimlari Yoshkar-Ola ko‘chalarida (Mariy El, Rossiya) topilgan bo‘g‘ma ilonning egasi kimligini aniqladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Respublika IIV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, OAVdagi reportajlar turkumidan so‘ng bir qiz politsiyaga murojaat qilib, ilon unga tegishliligini aytgan.
Qizning aytishicha, u xonadonini yig‘ishtirayotganida ilon sumkada tirqish topib, undan chiqib olgan va deraza darchasidan ko‘chaga chiqib ketgan.
Qiz politsiyaga ilon o‘ziga tegishliligini tasdiqlovchi hujjatlarni ko‘rsatganidan so‘ng o‘rmalovchi unga qaytarilgan.
Izoh (0)