Xitoy hukumati 2 mingdan ortiq mansabdor va mas’ul shaxsni atrof-muhitni himoya qilish sohasidagi qonunchilikni buzganligi uchun jazoladi. Bu haqda 22-avgust, dushanba kuni China Daily gazetasi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Nashrning ma’lum qilishicha, XXR markaziy hukumati mamlakatning sakkizta hududiga nazorat komissiyalarini yubordi. Ularning faoliyati natijasida 10,8 mingdan ortiq qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Buning uchun mansabdorlar lavozimidan vaqtinchalik chetlashtirildi, ma’muriy jazoga tortildi yoki o‘z lavozimlaridan butunlay mahrum etildi.
Faqat ikkita provinsiya — Szyansi va Szyansuning (Sharqiy Xitoy) o‘zidayoq hukumat qonunchilikni buzgan kompaniyalarni jami 100 million yuan (15 million dollar atrofida) jarimaga tortdi.
Bundan tashqari, inspektorlar mahalliy nazorat organlarining samarasiz faoliyati bilan bog‘liq bir nechta holatni aniqladi.
Izoh (0)