Afg‘oniston sharqidagi aksilterror operatsiyasi chog‘ida “Tolibon” ekstremistik harakatining to‘rt dala komandiri yo‘q qilindi. Bu haqda, Khaama Press’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, Afg‘oniston armiyasi Nangarxar viloyatining Hisorak tumanida o‘tkazgan yirik operatsiya davomida 21 jangari yo‘q qilingan, 27 nafari yaralangan va qo‘lga olingan. Shuningdek, katta miqdorda qurol-yarog‘ va o‘q-dori topilgani aytilmoqda.
Izoh (0)