Xitoy janubi-g‘arbidagi Guychjou provinsiyasining Anshun okrugida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, “Sina” portaliga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Mahalliy hukumat rasmiylarining ma’lum qilishcha, ichida 39 kishi bo‘lgan yo‘lovchi avtobusi shosseda yonboshlab qoldi. Barcha jabrlanganlar shifoxonaga yetkazildi, ularning to‘rt nafari og‘ir ahvolda bo‘lib turibdi.
Politsiya voqea sabablarini o‘rganishni boshladi.
Izoh (0)