Rio—2016 Olimpiadasidagi ishtirokini nimchorak finalda Bahrayn sportchisini mag‘lub etish bilan boshlagan o‘zbekistonlik Ixtiyor Navro‘zov, yarim final yo‘lida Puerto-Riko vakili Franklin Gomesga qarshi gilamga chiqdi.
Kurashning 5:37 daqiqasida tortishuvli vaziyat yuzaga keldi. Hakamlar bir necha daqiqa davomida vaziyatni muhokama qilib, yakunda o‘zbekistonlik sportchining foydasiga qaror chiqardi.
Ixtiyor Navro‘zov kurashni 8:5 hisobida o‘z foydasiga hal qilib, yarim final chiptasini qo‘lga kiritdi. Final ostonasida o‘zbekistonlik sportchi rossiyalik Soslan Ramonovga qarshi gilamga chiqadi.
Izoh (0)