AQShning Suriya va Iroqdagi qo‘shinlarining yangi qo‘mondoni Stiven Taunsend rasmiy Moskva va Damashqni Vashington Suriya shimolida o‘z maxsus kuchlari joylashgan hududlarni artilleriya hujumidan himoya qilishidan ogohlantirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Biz rossiyalik harbiylarni qayerdaligimizdan boxabar etdik. Ular esa Suriya tomonini bundan boxabar etganini aytdi. Shuni ayta olamanki, agar tahdidni sezsak, himoyalanamiz”, — dedi u CNN telekanaliga telefon orqali bergan intervyusida.
Izoh (0)