Toshkent shahrida 21-avgust, yakshanba kuni havo harorati +37 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar berdi.
Xabar berishlaricha, yakshanbaga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +10...+15 daraja, Toshkent shahrida +20...+22 daraja, Buxoro va Navoiy viloyatlarida +20...+27 daraja, qolgan hududlarda esa +23...+24 darajagacha iliq bo‘ladi.
21-avgust kuni kunduzi esa O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +20...+25 daraja iliq, Toshkent shahrida +35...+37 daraja, Buxoro va Navoiy viloyatida +34...+39 daraja, qolgan hududlarda +38 darajagacha issiq bo‘ladi.
21-avgustga o‘tar kechasi va 21-avgust kuni kunduzi O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi, shamolning tezligi soniyasiga 3—7 metrdan 8—12 metrgacha kuchayishi mumkin.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)