Malayziya dengiz qirg‘oq qorovuli agentligi (MMEA) Piay burnida Rossiyaning “Oltin ko‘prik” neft tankerini ushlab qoldi. Bu haqda, The Star nashriga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Idora vakili Iskandar Ishoqning ma’lum qilishicha, kema bilan birga ekipajning 25 a’zosi qo‘lga olindi.
“Tekshiruv chog‘ida ekipaj a’zolari dengiz boshqarmasidan bu yerda to‘xtashga ruxsat beradigan hujjat taqdim eta olmadi”, — ma’lum qildi u.
Shu tariqa, kema taqiqlangan zonada langar tashlagani aniqlandi. Shuningdek, tanker mahalliy hokimiyat vakillarini Malayziya suvlariga kirganidan ogohlantirmagani aytilmoqda.
Izoh (0)