Gretsiya sohiliga yaqin hududda sayozlikka o‘tirib qolgan kema bortidagi 50 nafar qochqin qutqarib olindi. Bu haqda, mahalliy politsiya bayonotiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Kema Peloponnes yarim oroli yaqinidagi qoyali orolchalar silsilasi hududida aniqlandi.
Oxirgi kunlarda Gretsiyaga dengiz yo‘li orqali kelayotgan qochqinlar oqimi shiddat bilan o‘smoqda. 18–19-avgust, payshanba va juma kunlari Lesbos oroliga yetib kelgan muhojirlar miqdori 261 kishini tashkil etdi, o‘tgan hafta esa ularning soni 150 kishidan oshmagan edi.
Izoh (0)