Rio—2016 Olimpiada o‘yinlarida 70 nafar sportchi bilan ishtirok etayotgan O‘zbekiston delegatsiyasi safida bokschi Shahram G‘iyosov kumush medalni qo‘lga kiritdi. Boksning 69 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilari o‘rtasidagi musobaqasida ishtirok etgan Shahram G‘iyosov Riodagi final bellashuvida qozog‘istonlik Daniyar Yeleusinovga imkoniyatni boy berdi.
Quyida 69 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilarning taqdirlash marosimidan fotolavhalarni ko‘rishingiz mumkin.
Shahram G‘iyosov finalga qadar 1/16 finalda ispaniyalik Yuba Sissokoni, 1/8 finalda litvalik Eymantas Stanyonisni, 1/4 finalda kubalik Ronel Iglesiasni, 1/2 finalda esa marokashlik Muhammad Rabiini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgandi.
Qayd etish joiz, o‘zbekistonlik sportchi taslim qilgan so‘ngi ikki nafar bokschi mos ravishda Olimpiya va Jahon chempionlari hisoblanardi.
Ma’lumot uchun, hisobida 2 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medali bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi medallar reytingida 26-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Izoh (0)