Polshaning Varshava universiteti klinikasi shifokorlari tomonidan Zika virusini yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk ikki holat tasdiqlandi. Bu haqda Polsha matbuot agentligi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Bu Polshada Zika virusiga chalingan bemorlarni aniqlash bilan bog‘liq birinchi holatlardir”, — dedi yuqumli kasalliklar bo‘limi rahbari, tibbiyot doktori Renata Vels-Falenchak.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, tashxis yaqinda Boliviya va Kolumbiyadan qaytgan ikki polshalikka qo‘yilgan.
Izoh (0)