McDonald’s fast-fud restorani Riodagi olimpiya shaharchasida yuzaga kelayotgan navbatni bartaraf qilish maqsadida mahsulot soniga cheklovlar qo‘yib, har bir mijozga 20 tadan ortiq bo‘lmagan porsiya bermoqda, deb xabar qilmoqda TJournal.
Olimpiya shaharchasidagi McDonald’s sportchilarga bepul xizmat qiladi va navbat har qanday ob-havoda yuzaga keladi. Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, shaharchada istiqomat qiluvchilar ba’zida hosil bo‘lgan navbatlar oldida plyaj voleybolini o‘ynaydi.
Riodagi Olimpiya parkida ham McDonald’s tarmog‘ining boshqa shoxobchalari ham bor, ammo u yerda faqat muzqaymoqning har xil turi sotiladi.
Xabarda qayd etilishicha, olimpiyachilar orasida McDonald’s taomnomasining eng mashhuri — “Bik mak”. Ikkinchi o‘rinda qovurilgan kartoshka bo‘lsa, uchinchi o‘rindan mevali smuzi joy oldi.
Izoh (0)