Rio—2016 Olimpiadasidagi yurishini 1/8 finaldan boshlagan o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev ilk jangida qozog‘istonlik Qayrat Yeraliyevni har uchala raundda ham mag‘lub etishning uddasidan chiqa olgandi.

Foto: MOQ matbuot xizmati

Foto: MOQ matbuot xizmati

56 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi turnirdagi ikkinchi jangida Ahmadaliyev argentinalik Alberto Melian bilan ringga chiqdi.

Jangni boshqarib borgan referi 1-raundning o‘zidayoq ikki bor hisob ochishga majbur bo‘ldi. Ikkinchi hisob ochilganida o‘ziga kelishni kechiktirib yuborgan argentinalik sportchi mag‘lubiyatga uchradi. Ahmadaliyev esa eng kamida bronza medalini naqdlashtirib qo‘ydi.

18-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan yarim final jangida o‘zbekistonlik sportchi Kuba boks maktabi tarbiyalanuvchisi Robeysi Ramiresga qarshi jang qiladi.