Tayvanning Pindun uyezdida tankning daryoga tushib ketishi oqibatida to‘rt harbiy halok bo‘ldi. Bu haqda, Channel News Asia’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, SM11 modelidagi tank mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da otish mashqlaridan so‘ng lagerga qaytayotgan edi. Ammo shiddatli yomg‘ir tufayli mashina ko‘prikdan chiqib ketib, daryoga quladi.
Zirhli mashinada besh nafar harbiy xizmatchi bor edi. Haydovchi o‘z vaqtida tank ichidan chiqib keta oldi, qolganlar esa ichkarida qulflanib qoldi va halok bo‘ldi.
Voqea yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda.
Izoh (0)