Rio—2016 Olimpiadasining og‘ir atletika sport turida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan va -105 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Ruslan Nuriddinov mamlakat terma jamoasiga ikkinchi oltin medalni taqdim qildi.
O‘zbekistonlik sportchi o‘zining muvaffaqiyatidan so‘ng barchaga o‘z minnatdorchiligini izhor qildi.
“Juda hayajondaman. Qalbimda kechayotgan his tuyg‘ularni ikki og‘iz so‘z bilan ta’riflab berolmayman. Bu barcha yurtdoshlarimiz g‘alabasidir. Fursatdan foydalanib, davlatimiz va hukumatimiz rahbariyatiga, meni bugun bevosita va bilvosita qo‘llab-quvvatlagan barcha-barchaga samimiy minnatdorchiligimni izhor qilmoqchiman”, – deb Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati Ruslan Nuriddinovning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda.
Руслан: "Бу олтин медал сизларники, барчангларга раҳмат, бу юртимни медали, ўзбегимга совға бу" кўриб йиғланг. pic.twitter.com/BKsIxyMjVz
— Rashid Usmonov (@RashidUsmonov) August 16, 2016
Izoh (0)