Rossiya prezidenti Vladimir Putin qozog‘istonlik hamkasbi Nursulton Nazarboyevga Turkiya bilan munosabatlarni tiklashga yordam bergani uchun minnatdorlik bildirdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
“Siz Rossiya-Turkiya munosabatlarining tiklanishi haqida gapirdingiz. Shu munosabat bilan siz amalga oshirgan sa’y-harakatlar uchun minnatdorlik bildiraman. Vositachilik missiyangizni nazarda tutyapman. Ko‘rib turibmizki, u muvaffaqiyatli yakunlandi”, — dedi Putin Nazarboyev bilan Sochida o‘tkazilgan uchrashuvda.
“Bugun Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar tiklanayotganidan xursandman”, — deb javob berdi Nazarboyev.
Rossiyaga tegishli Su-24 samolyotining Turkiya qiruvchisi tomonidan urib tushirilishidan so‘ng oralari buzilgan Anqara va Moskvaning munosabatlari sovuqlashib ketdi. Ammo oxirgi oylarda munosabatlar qayta tiklanib, 11-avgust kuni ikki davlat rahbari Sankt-Peterburgda uchrashuv o‘tkazdi.
Izoh (0)