“O‘zbekiston havo yo‘llari” buyurtmasiga asosan tayyorlangan ikki Boeing 787 Dreamliner samolyotlaridan dastlabkisi ilk bor parvoz qildi. YouTube videoxizmatida O‘zbekistonga tegishli Dreamliner’ning parvozi bilan bog‘liq ikki video e’lon qilingan.
Boeing Test Flights blogi ma’lumotlariga ko‘ra, parvoz 12-avgust kuni amalga oshirilgan, layner Boeing Everett zavodi yonidagi Peyn-Fild aeroportidan havoga ko‘tarilib, qariyb ikki yarim soat uchib, Grant okrugi xalqaro aeroporti orqali yana Peyn-Fildga qaytgan.
Avvalroq O‘zbekistonning birinchi Dreamliner samolyoti bo‘yoqdan chiqarilgani haqida xabar berilgan edi. Dreamliner’larning dastlabkisi O‘zbekistonga avgust oyi oxirida yetkazib berilishi kutilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)