Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining ikkita Be-200 samolyot-amfibiyasi Portugaliyadagi Penya do Jeris milliy bog‘ini yong‘indan himoya qildi. Bu haqda Rossiya FVV ma’lumotiga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Vazirlik aviaguruhining harakatlari tufayli yong‘inning Penya do Jeris milliy bog‘i tomonga tarqalishiga yo‘l qo‘yilmadi.
FVV matbuot xizmati xodimining ta’kidlashicha, rossiyalik uchuvchilar olovning tarqalishini to‘xtatib, uning 40 gektardan ortiq o‘rmonni egallab olishiga yo‘l qo‘ymagan.
“FVV samolyotlari jami 154 tonna og‘irlikdagi 12 suv tashlashni amalga oshirdi. Ikki Be-200 samoyotining umumiy parvozi kun davomida 11 soatdan oshdi”, — deya aniqlik kiritdi vazirlik matbuot xizmati.
Be-200 samolyotlari o‘ta murakkab vaziyat yuzaga kelgan Madeyra orolidagi yong‘inni o‘chirishda ishtirok etmoqda.
Izoh (0)