Rio–2016 Olimpiada o‘yinlari yunon-rum musobaqasining 59 kilogrammgacha vazn toifasida ishtirok etgan o‘zbekistonlik Elmurod Tasmurodov 15-avgustga o‘tar kechasi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga to‘rtinchi bronza medalini taqdim qildi.
Bronza medali uchun bahsda O‘zbekiston vakili qirg‘izistonlik Arsen Eraliyevni mag‘lubiyatga uchratib, Olimpiada o‘yinlari sovrindoriga aylandi.
Tasmurodovdan avval dzyudochilar Diyorbek O‘rozboyev (-60 kg) va Rishod Sobirov (-66 kg), bokschi Rustam To‘laganov (-91 kg) bronza medaliga sazovor bo‘lgandi.
Kecha, 14-avgust kuni esa boks musobaqalarida -49 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Hasanboy Do‘stmatov Rio–2016 Olimpiada o‘yinlarining oltin medalini qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)