Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi personali uchuvchi kabinasida tutun chiqqani bois samolyotdan evakuatsiya qilindi. Bu haqda, The Sun nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Voqea joyida hech kim zarar ko‘rmadi. Bortda futbolchilar yo‘q edi. Voqea joyiga darhol qutqaruv mashinalari yetib keldi. Tutun nimadan kelib chiqqani hozircha ma’lum qilinmadi.
Xosep Gvardiola jamoasi Buxarestga yo‘l olayotgan edi — 16-avgust kuni jamoa u yerda Ruminiyaning “Styauya” klubiga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Izoh (0)