Hindiston shimolidagi Jammu va Kashmir shtati hududida Pokiston bilan chegarani buzib o‘tishga uringan besh terrorchi yo‘q qilindi. Yana ikki nafar jangari Srinagar yaqinidagi blokpostga uyushtirilgan hujum chog‘ida o‘ldirildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Armiya vakilining so‘zlariga qaraganda, oxirgi uch hafta mobaynida Pokistondan jangarilar kirishi bilan bog‘liq to‘rtinchi holat kuzatilmoqda. Ushbu holatlar davomida 12 jangari yo‘q qilingan, Hindiston armiyasining 20 xizmatchisi zarar ko‘rgan.
Izoh (0)