Avstriya kansleri Kristian Kern hukumat qochoqlar bilan bog‘liq vaziyat tufayli 6-sentabr kuni favqulodda holat joriy etish haqidagi qonunni qabul qilishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
“Sentabr oyi boshida Avstriya va Vengriya ichki ishlar va mudofaa vazirlarining muzokaralari bo‘lib o‘tadi. Muzokaralar davomida favqulodda holatni amalga oshirish, jumladan, qochoqlarni Vengriyaga qaytarish shartlari ishlab chiqilishi lozim”, — dedi kansler.
Uning fikricha, bo‘lib o‘tadigan hukumat yig‘ilishi favqulodda holat joriy etish haqidagi nizomning tayyor matnini ko‘rib chiqish uchun mos keladi.
Avvalroq Avstriya Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida muhojirlarni taqsimlash bo‘yicha kvota tizimida ishtirok etishdan bosh tortgan edi. Ushbu pozitsiya mamlakatning yetarlicha muhojirlarni qabul qilganligi bilan izohlangan edi.
Izoh (0)