O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 15-avgust kuni Qirg‘izistonning yangi tayinlangan elchisi Daniyar Sidiqov bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Vazir elchining ishonch yorliqlari nusxasini qabul qilib oldi va unga o‘z mas’uliyatli faoliyatini bajarishda muvaffaqiyatlar tiladi”, — deyiladi vazirlik axborotida.
Xabar berishlaricha, suhbat davomida ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari bo‘yicha fikr almashilgan.
Daniyar Sidiqov 22-iyun kuni Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan edi. U mazkur lavozimda Emilbek Uzakbayev o‘rnini egalladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)