13-avgust kuni Shveysariyada poyezd yo‘lovchilariga uyushtirilgan hujumda terror izlari aniqlanmadi. Bu haqda mamlakat politsiyasi bayonot berdi, deb ma’lum qilmoqda “TASS”.
“Ayni paytda ushbu akt terrorchilik yoki siyosiy motivlarga ega ekanligini ko‘rsatadigan belgilar aniqlanmadi”, — dedi Sankt-Gallen kantoni politsiyasi vakili.
Eslatib o‘tamiz, 13-avgust kuni Shveysariyada noma’lum erkak poyezd yo‘lovchilariga pichoq bilan tashlandi hamda yetti kishiga jarohat yetkazdi.
Izoh (0)