Florida shtati (AQSh) janubidagi Evergleyds Milliy bog‘ida timsoh ayolga tashlanib, uning qo‘lini deyarli yulib oldi. Bu haqda Brovard okrugi politsiya boshqarmasi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Hodisa faqat motorli qayiq yoki vertolyotda borish mumkin bo‘lgan botqoqlik hududida baliqchilar lagerida yuz bergan. Jabrlangan 49 yoshli Kimberli Enn Sekston Floridaning markaziy qismida istiqomat qilgan.
Ayol ko‘prikchada turganida bankasini suvga tushirib yuborgan, uni olishga uringanida esa unga timsoh tashlangan.
Okrug politsiyasi vakili Maykl Jashlening ma’lum qilishicha, ayolga yordam berish uchun shoshilgan sakkiz kishi hodisaning guvohi bo‘lgan. Ayol og‘ir jarohat olgan, shifokorlar uning o‘ng qo‘lini kesib tashlashga majbur bo‘lgan.
Jabrlangan ayol vertolyotda shifoxonaga yetkazilgan. Uning ahvoli og‘ir ekanligi qayd etilgan.
Izoh (0)