Xitoyda uchish-qo‘nish tasmasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri orbitaga parvoz qiladigan, so‘ng giperovozli tezlikda qaytadigan samolyot ustida ishlanmoqda. Kelajakda undan kosmik turizmda foydalanish mumkin bo‘ladi, deb xabar beradi “Xaytek”.
Ishlanma mualliflari giperovozli kosmik samolyot Osiyo mamlakatlarini aviatsion-kosmik sanoatda birinchi o‘ringa ko‘tarishiga umid qilmoqda.
Kosmik samolyot gibridli kuch qurilmasi, shuningdek, turboventilyatorli yoki turboreaktiv va kompressorsiz reaktiv dvigatel bilan jihozlanadi. Bu unga atmosferani “yorib” o‘tish imkonini beradi.
Tezlik olarkan, samolyot giperovozli havo-reaktiv dvigatelga o‘tadi, u esa, o‘z navbatida, havo kemasini dengiz sathidan 20–100 kilometr balandda jo ylashgan atmosfera qobiqlaridan o‘tkazishga yordam beradi.
Samolyot ko‘p marotaba fazoga parvoz qila oladi. Omuxta dvigateli bois u fazoga ravon, bir tekis chiqadi, shu bois tayyorgarliksiz insonlar ham uning bortida kosmik parvozlarni amalga oshirishi mumkin.
Izoh (0)