Fransiya Olimpiya terma jamoasi fizioterapevti Patrik Bordye Rio-de-Janeyroda olamdan o‘tdi. Bu haqda Fransiya olimpiya qo‘mitasi prezidenti Deni Masselya ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Patrik Bordye juma kunining ikkinchi yarmida vafot etdi. U o‘zi ishlagan har bir sportchi bilan do‘st”, — dedi Masselya.
Shifokorning vafotiga nima sabab bo‘lgani hozircha ma’lum emas.
Izoh (0)