Chexiya politsiyasi Sloveniya va Shvetsiya huquq-tartibot organlari tomonidan Chexiyada terakt uyushtirishni rejalashtirgan shaxslar qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Jinoyatchilar Chexiya hukumatini ichimlik suvini zaharlash hamda Ebola virusini tarqatish bilan qo‘rqitib, tovon puli undirishni rejalashtirgan edi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Shvetsiyada mahalliy oliygohlardan birining talabasi qo‘lga olindi. U oliygohdan zaharli moddalar olish imkoniyatiga ega edi. Laboratoriya kuzatuv kameralarida u zaharli moddalarni olayotgani qayd qilingan. Uning Sloveniyada turgan hamkasbi xavfli yukni Chexiyaga yetkazishi lozim edi.
Ayni paytda dalil to‘plash jarayoni ketmoqda.
Izoh (0)