Amerikaning Luiziana shtati rasmiylari 12-avgust, juma kuni kuchli yomg‘irlar va suv toshqini tufayli favqulodda holat e’lon qildi. Bu haqda AP agentligi ma’lumotiga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Davomli yomg‘irlar tufayli Luiziana shtati janubi-sharqi va Missisipi shtati janubida ko‘plab daryolar qirg‘og‘idan toshgan.
AQSh Milliy meteorologiya xizmatining ma’lumotiga qaraganda, 13-avgust, shanba kuni hududda yana shiddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
Izoh (0)