O‘zbekistonlik eshkakchi Shahboz Xolmirzayev Olimpiada—2016 dagi ishtirokini yakunladi.
Akademik eshkak eshish musobaqasi Rio-de-Janeyrodagi noqulay ob-havo sharoiti sabab bir necha bor boshqa sanaga qoldirilgandi. 13-avgust kuni sportchilar so‘nggi poygalarni o‘tkazib oldi.
Medallar poygasidan chiqib ketgan o‘zbekistonlik Shahboz Xolmirzayev, reytingdagi yakuniy o‘rnini aniqlashtirish uchun poygada ishtirok etdi va yakunda 22-natijani qayd etib, Olimpiada o‘yinlaridagi ishtirokiga yakun yasadi.
Izoh (0)