Rossiya politsiyasi xodimi Moskva metropoliteni bekatlaridan birida unutib qoldirilgan, ichida 4 million rubl puli bor sumkani egasiga qaytardi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“5-avgust kuni paket topildi, uning ichida 3,5 million rubl pul to‘plangan omonat daftarchasi va katta miqdorda naqd pul bor edi. Paket Moskva metropolitenidagi IIB 4-bo‘limiga topshirildi. Keyinroq politsiyachilar yo‘qolgan narsalarni egasiga qaytardi”, — ma’lum qildi Rossiya IIV rasmiy vakili Irina Volk.
Pul egasi bir kun o‘tib politsiyaga murojaat qildi. Politsiyachi radiusdagi postlarga bu haqda xabar berdi. Ikki soatdan so‘ng navbatchi Pavel Xolev pullar egasi bilan aloqaga chiqib, u unutib qoldirgan buyumlar “Novokosino” metro bekatida ekanini aytdi.
Izoh (0)